
Siyosat
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Prezident qarori eʼlon qilindi
Qarorga koʻra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023 yil 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.